Топ-100
Back

ⓘ Biometeorologiya - ekologiyaning bolimi; atmosfera muxitining geofizik va kimyoviy omillari bilan tirik organizmlar ortasidagi bevosita va bavosita aloqalarni h ..



                                     

ⓘ Biometeorologiya

Biometeorologiya - ekologiyaning bolimi; atmosfera muxitining geofizik va kimyoviy omillari bilan tirik organizmlar ortasidagi bevosita va bavosita aloqalarni hamda iqlim va obhavo bilan tirik organizmlar ortasidagi ozaro tasirni organadi. Osimliklar B.si, hayvonlar B.si va odam B.siga bolinadi. Osimliklar B.si atrof muhit barcha komponentlarining ham tabiiy sharoitlarini, ham odamning osimliklar olamiga korsatadigan turli xil tasirini organadi. Hayvonlar B.si atrof muxit bilan organizmlarning holati, rivojlanishi va harakat funksiyalarining namoyon bolishi ortasidagi ozaro tasirining keng komplekslarini organadi. Odam uy hayvonlarining yashash sharoitlariga muayyan maqsadga muvofiq tasir kursatganligidan uy hayvonlari bilan yovvoyi hayvonlar B.si ortasida muhim tafovutlar bor. Odam B.si meteorologik elementlar ning organizmga tasirini, odamlarning atmosfera muhiti uzgarishlariga moslashuvini, shuningdek turli kasalliklarning paydo bulishida bu ozgarishlarning orni va mohiyatini organadi. B. tabiiy atrof muhitning tasiridan tashqari inson tomonidan yaratilgan atrof muhit - aholi punktlarida, binolarda va alohida sistema lardagi muhitning tasirini ham organadi. Organizmning muhit meteorologik va fizik omillari tasirida shakllanuvchi issiqlik rejimini organish odam B.sining muhim masalalaridan biridir. Odam organizmining issikdik rejimi ni baholashda issiqlikni sezishdan olingan malumotlardan tashqari yana obyektiv korsatkichlar ham hisobga olinadi. Issiklik holatini baholashda turli hisoblash usullaridan foydalaniladi. Ilmiy asoslangan usullardan biri organizm issiklik balansining tarkibiy qismlarini hisobga olishdir. Fizikaviy modellash usullari ham qollaniladi. Kishilarning mehnat qilish va dam olish rejimini optimallashtirish, noqulay obhavo omillarining tasirini kamaytirish maqsadida turli mehnat faoliyati sharoitlarida odamning issiqlik holati xususiyatlariga alohida etibor beriladi. Biometeorologik kuzatishlar va hisoblash malumotlaridan organizmlar uchun optimal yashash sharoitlarini taminlashda, mehnatni meyorlash va boshqalarda keng foydalaniladi.

Hamid Abdullayev.

Free and no ads
no need to download or install

Pino - logical board game which is based on tactics and strategy. In general this is a remix of chess, checkers and corners. The game develops imagination, concentration, teaches how to solve tasks, plan their own actions and of course to think logically. It does not matter how much pieces you have, the main thing is how they are placement!

online intellectual game →