Топ-100
Back

ⓘ Ozbekiston Davlat Sanat muzeyi Toshkentda joylashgan sanat muzeyi bolib, unga 1918-yili asos solingan. Birinchi nomi Xalq sanati muzeyi edi. 1918 - 1935-yillard ..



Ozbekiston Davlat Sanat muzeyi
                                     

ⓘ Ozbekiston Davlat Sanat muzeyi

Ozbekiston Davlat Sanat muzeyi Toshkentda joylashgan sanat muzeyi bolib, unga 1918-yili asos solingan. Birinchi nomi Xalq sanati muzeyi edi. 1918 - 1935-yillarda kenas Nikolay Romanov saroyida joylashgan. 1935 - 1966-yillarda Xalq uyida bolgan. 1974-yili Xalq uyi ornida muzey uchun yangi bino qurilgan. Muzeyda Yevropa va Rossiya rassomlari ishlari namoyish etiladi, korgazmalar uyushtiriladi.

Ozbekiston davlat sanat muzeyi - madaniy-marifiy, ilmiy muassasa; Orta Osiyoda ilk bor tashkil etilgan badiiy muzey. 1918 yilda Toshkent shahrida Xalq universiteti muzeyi sifatida asos solingan; keyinchalik Markaziy badiiy muzey, 1924 yildan Toshkent sanat muzeyi, 1935 yildan hozirgi nomda. Muzey Toshkentda yashagan knyaz N.K.Romanovning shaxsiy toplami negizida vujudga kelgan. Turkiston olkashunoslik muzeyining badiiy bolimidan va boshqalar muzeylarning fondlaridan, shaxsiy toplamlardan sanat asarlari keltirilib boyitilgan ; muzeyda 19-asr rus rassomlarining nodir asarlari toplangan. Muzey fondi 50 mingdan ziyod eksponatga ega 2005, tomoshabinlar soni yiliga 250 mingdan oshadi.

Muzeyda Ozbekiston xalq amaliy sanati, Ozbekiston tasviriy sanati, rus sanati, Garbiy Yevropa sanati, Xorijiy Sharq xalklari sanati bolimlari, xazina, tamirlash ustaxonasi, fotolaboratoriya bor, lektoriy tashkil etilgan. Muzey ilmiy muassasa sifatida Ozbekiston tasviriy sanati boyicha ilmiy tekshirish ishlari olib boradi: sanat asarlari sotib oladi, ularni ilmiy yoritadi, muzey xazinasidagi sanat asarlarini tahlil qiladi, tavsiflaydi, ilmiy asarlar, katalog, albomlar nashr etadi, xazinasidagi sanat asarlari asosida mavzuli korgazmalar tashkil etadi, chet mamlakatlar korgazmalarida ishtirok etadi. Ayniqsa, mustaqillik yillarida xorijiy mamlakatlar bilan ijodiy aloqalar kengaydi. Muzey Xalqaro muzeylar qomitasi IKOM azosidir.

Muzeyga turli davrlarda Sh. Hasanova, S.Abdullayev, D.Roziboyev rahbarlik qilgan; 1997 yildan muzey rahbari Nasiba Ibrohimova.

Muzey ekspozitsiyasi sanat janri va turlariga ajratilgan holda xronologik tartibda tuzilgan. Har bir zaldagi eksponatlar sanat turlari, maktablari, ananalar va hozirgi rivojlanish markazlariga qarab joylashtirilgan. Ekspozitsiya Ozbekistonning qadimiy sanat yodgorliklari - Zarautsoy rasmlari, Xolchayondan topilgan haykallarni, song Ozbekiston xalq amaliy bezak sanatini namoyish etish bilan boshlanadi. Orta Osiyoda yashab ijod etgan rassomlar ning 250 ga yaqin sanat asarlari toplangan, shu yerda ishlagan rassom P. Benkov, A. Volkov, M.I.Kurzin, Usto Momin A. Nikolayev, O. Tatevosyan, V. Ufimsev, N.V.Kashina, Z.M.Kovalevskaya va boshqalarning asarlariga ekspozitsiyadan alohida orin berilgan.

Muzey fondining katta qismini Ozbekiston tasviriy sanati asarlari tashkil qiladi: Ozbekiston tabiat kuychisi O. Tansiqboyev, A. Abdullayev, Ya.Abdullayev, Sh. Hasanova, Ch.Ahmarov, R. Ahmedov, N.Qoziboyev, S. Abdullayev, R.Choriyev ijodi, tasviriy sanat taraqqiyotidagi ularning hissasi muzey ekspozitsiyalarida oz aksini topgan. Muzey, shuningdek, boy ozbek amaliy sanati toplamiga ega: ganch, yogoch va tosh oymakorligi namunalari, zargarlik, gilamchilik, kashtadozlik, kulollikka mansub qimmatli buyumlar ozbek xalqining qadimiy va boy amaliy bezak sanati haqida mukammal malumot beradi.

Muzeyda Garb va Sharq mamlakatlarining tasviriy sanat asarlari va amaliy sanati namunalariga keng orin a";l ■ berilgan. Muzey dastlab knyaz N.K.Romanov saroyida, 1935 - 66 yillar Xalq universiteti binosida joylashgan, 1974 yildan 1966 yil Toshkent zilzilasida vayron bolgan Xalq universiteti binosi ornida muzey uchun maxsus qurilgan binoda. Bino tarhi sodda kub shaklida, tarzlari metall sinch karkasli konstruksiyalar bilan tortburchak shaklli qismlarga bolingan, poydevor va peshtogi kulrang marmar bilan qoplangan. Muzey binosida 1997 yildan qayta qurish va tamirlash ishlari olib borildi; binoning 4 tomoniga Ozbekistonda ishlab chiqarilgan zamonaviy oynalar ornatildi, ular zallarni bir xilda mayin yoritib turishi sanat asarlarini tabiiy yoruglikda korish imkonini beradi. Muzey zamonaviy qoriqlash va yonginga qarshi asbobuskunalar, kompyuterlar bilan jihozlandi.

Free and no ads
no need to download or install

Pino - logical board game which is based on tactics and strategy. In general this is a remix of chess, checkers and corners. The game develops imagination, concentration, teaches how to solve tasks, plan their own actions and of course to think logically. It does not matter how much pieces you have, the main thing is how they are placement!

online intellectual game →