Топ-100
Back

ⓘ Qishloq xojaligi xaritasi - qishloq xojaligi ishlab chiqarishining joylashuvi, holati va istiqbolini, shuningdek, qishloq xojaligini boshqarishning iqtisodiy va ..



                                     

ⓘ Qishloq xojaligi xaritasi

Qishloq xojaligi xaritasi - qishloq xojaligi ishlab chiqarishining joylashuvi, holati va istiqbolini, shuningdek, qishloq xojaligini boshqarishning iqtisodiy va tashkiliy-texnik sharoitlarini aks ettiruvchi maxsus geografik xarita. Qishloq xojaligi ishlab chiqarishini rejalashtirishda, qishloq xojaligini boshqarishning amaliy masalalarini ishlab chiqishda, shuningdek, yerdan oqilona foydalanish, uning sifati va maydonini hisobga olishda malumotnoma-qollanma bolib xizmat qiladi. Melioratsiya, yer tuzish, tuproq eroziyasiga qarshi kurash va boshqa agrotexnik tadbirlarni ishlab chiqishda, oquv va ilmiy ishlarda, malum bir hududping qishloq xojaligi geografiyasi va iqtisodiyotini batafsil organishda qollaniladi. Xari-tada qishloq xojaligi yerlari, irriganiya va kollektor-drenaj tarmoqlari, mamuriy va xojalik chegaralari, yollari va boshqa elementlar tasvirlanadi. Xarita aerofotosyomka materiallari asosida tayyorlanadi. Masshtabi qishloq xojaligi zonalariga qarab 1:25000 - 1:200000, sugoriladigan zonalar uchun 1:25000, lalmi yaylovlar uchun 1:50000 va undan kichik. Qishloq xojaligix. seriyasi ham mavjud, bularga yerdan foydalanish, tuproq eroziyasiga qarshi kurash, yaylov tiplari, qishloq xojaligini r-nlashtirish va ixtisoslashtirish, qishloq xojaligi ekinlarining tarqalishi, qishloq xojaligini mexanizatsiyalash, agroiqlim va boshqa xaritalar kiradi.

Free and no ads
no need to download or install

Pino - logical board game which is based on tactics and strategy. In general this is a remix of chess, checkers and corners. The game develops imagination, concentration, teaches how to solve tasks, plan their own actions and of course to think logically. It does not matter how much pieces you have, the main thing is how they are placement!

online intellectual game →