Топ-100
Back

ⓘ Hayot falsafasi - hayotning mazmuni, maqsadi, qadr-qimmati haqidagi muammolarni tadqiq va talqin etuvchi falsafiy oqim. 19-asr oxiri - 20-asr boshlarida Germani ..



                                               

Intuitivizm

Intuitivizm - falsafadagi oqim. Unga kora, intuitsiya bilishning yagona ishonchli vositasidir. Bu oqim tarafdorlari fikricha, intuitsiya ongning ijtimoiy amaliyot va tafakkurga aloqasi bolmagan alohida bir xususiyatidir. Intuitsiyani intellektga qaramaqarshi qoyish hayot falsafasi va b) uchun xosdir. Rus faylasuflari S. L. Frank, Ye. N. Trubetskoy, fransuz neo-tomizmi, qisman fenomenologiya vakillari esa intuitsiya bilan intellektni birlashtirishga uringanlar.

                                               

Gilozoizm

Gilozoizm - materiyaning barcha turlarini jonli deb hisoblaydigan talimot. Materiyaning barcha shakllari sezish va fikrlash qobiliyatiga ega deb biladi. Terminni 1678 y.da ingliz faylasufi R. Kedvort kiritgan. Bunday qarash yunon falsafasi, qisman stoitsizm, Uygonish davri naturfalsafasi, 18-asr fransuz materialistlari, jumladan, D. Didro dunyoqarashi, F. Shelling naturfalsafasi uchun xos bolgan.

                                               

Jihod

Jihod - islomda muqaddaslashtirilgan din yolida bolgan kurash. Tarixda Turkiya, Kavkaz va Markaziy Osiyoda jihod koproq "gazovot" nomi bilan malum bolgan. Musulmonlar orasida jihod haqida turli qarashlar bor. Dastlab jihod deyilganda islomni himoya qilish va yoyish uchun kurash tushunilgan. Bazilar jihodni "kichik jihod" va "buyuk jihod" qilib ikkiga bolishadi. Ularga kora, "kichik jihod" Islomning dushmanlari deb qaralganlar bilan jang qilishdir. "Buyuk jihod" bolsa musulmonning oz nafsi bilan kurashi va manaviy barkamollik yolidagi say-harakatidir.

                                     

ⓘ Hayot falsafasi

Hayot falsafasi - hayotning mazmuni, maqsadi, qadr-qimmati haqidagi muammolarni tadqiq va talqin etuvchi falsafiy oqim. 19-asr oxiri - 20-asr boshlarida Germaniya va Fransiyada paydo bolgan. Hayot falsafasining ibtidosida A.Shopengauer turadi, asoschisi esa F.Nitsshe hisoblanadi. Oqim vakillari fikricha, hayot - birinchi orindagi voqelik, keyinchalik manaviyat va moddiyatga, ong va borliqqa bolinadigan uzviy yaxlitlik. Hayot falsafasining asosiy tushunchasi hisoblanadi. Hayot falsafasi hayotning mohiyatini uning ozidan anglab olishga intiladi. U his-tuygular va instinktlarni uluglaydi, aqlni tanqid va inkor qiladi. Hayot falsafasi tarafdorlariga kora, hayot tushunchasi murakkab, kop manoli, ozining aniq talqiniga ega emas. Shu sababli uni tabiiy-biologik, madaniy-tarixiy tushunish mavjud. Tabiiy-biologik talqinda qayot biologik manoda tushunilib, biologik xossalar butun voqelikka tatbiq qilinadi. Hayot tabiiylik bilan qiyoslanadi va har qanday suniylikka qarshi qoyiladi. Bu yonalish tarafdorlari kuch-qudratni uluglaydilar, har qanday goyaning royobga chiqishini kishilar yoki ijtimoiy guruhlarning manfaatlari bilan boglaydilar. K.Bergson fikricha, hayot - fazoviy hayotiy shiddat, u dastlab yagona markazda tugilib, kop jihatlardan bir-biridan farqlanadigan qator portlashlar, sifatli sakrashlar orqali parallel ravishda rivojlanib boradi. Uning mohiyati ichki kechin-malardan kelib chiqadigan, qalbdagi jarayonlar vositasida fahmlab olinadigan ong yoki alo ong. Diltey, Zimmel hayotning mohiyatni ichki ruhiy kechinmalardan izlaydi. Ortega-i-Gaset inson hayotini tabiatga qiyos-lab organishga intilgan aqlning bunlay tadqiqot uchun zaiflik qilishini takidlaydi. U ham inson bilan olam yaxlitligini, inson hayotining tashqi tasirlardan xoli, oz-ozicha ibtidoga ega ekanini hisobga oladigan, aklning nisbatan keng manodagi tushunchasini ishlab chiqishga urinadi. Nuqtai nazardagi bunday fikrlarga qaramay, ularda hayot mexanik, tartibsiz tuzilmalarga. Barcha qatiy belgilab qoyishlarga, qotib qolishlarga qarshi turadigan ijodiy shakllanishning uzviy jarayoni sifatida namoyon boladi.

Ijod, ayniqsa, badiiy ijod Hayot falsafasi uchun nihoyatda muhim, u hatto hayotning ozi. Shu nuqtada Hayot falsafasi noratsi-onal intuitivizmga, uning bilish nazariyasiga yaqinlashadi. Chunonchi hayot dinamikasini, narsa-hodisaning individual tabiatini umumiy tushunchalarda ifodalab bolmasligi, uni bevosita fahmlash, intuitsiya orqali anglash mumkinligi har ikkala oqimga xos. Hayot falsafasi fan bilan falsafaning olamga yondashuvidagi keskin farqni koradi. Fan olamni egallash va oziga boysundirishga harakat qiladi, falsafaga esa mushohadakorlik xos, shu xususiyati bilan u sanatga yaqin. Aql oz tabia-tiga kora hayotdan uzilib qolgan; aqliy bilish va unga asoslanadigan fan narsalarni emas, narsalar ortasidagi munosabatlarnigina ang-lab yetishi mumkin. Ratsional bilish sof amaliy manfaatlarni qondirishga, foyda keltiradigan maqsadga muvofiqlikka qaratilgan. Ilmiy bilishga nointellektual, intuitiv, hayotni anglab yetishning timsolli-ramziy usullari qarama-qarshi qoyiladi. Sanat asari, ayniqsa, sheriyat, musiqa hayotni anglash va nisbatan aynan ifodalash vositasidir.

Hayot falsafasi uchun zamon - ijod, taraqqiyot va tashkil topishning mohiyati sifatida muhim ahamiyatga ega. Tarix esa Hayot falsafasida tugilishdan to olimgacha boladigan biologik davriylikka oxshash jarayonlarni boshidan kechiradigan noyob va takrorlanmas "madaniy organizmlar" sifatida namoyon boladi. Tarixiy jarayon, sababiyat qonuni hukmronlik qilgan tabiatdan farqli olaroq, taqdirga boysunadi. Tarix faqat tabiat dunyosidagina hara-kat qiladigan obyektiv qonuniyatlar iskanjasidan chiqib ketadi. Hayot falsafasi tarafdorlari ayniqsa Nitsshe til muammosiga katta ahamiyat beradi. Ularning fikricha, til real hayotni izohlab berishga ojizlik qiladi, chunki til istioralar va timsollar shaklida asl, kelib chiqish jarayonidagi manolarini yoqotadi: indivi-dual iboralar umumiy tushunchalarga aylanadi, bu tushunchalar orqali ifodalangan olam asl olamga mos kelmaydi. Hayot falsafasida keyinchalik "omma jamiyati" tushunchasi paydo boldi; u individni erksizlikka, ijoddan mahrumlikka, begonalashuvga olib keladi. Bu qarashlar osha paytlarda paydo bolayotgan demokratiya, tenglashtiruvchilik goyalaridan "sara odamlar" madaniyatini himoya qilishga davat sifatida ozini korsatadi. Shu sabablar tufayli Nitsshe umum qabul qilingan qadriyatlarni, meyorlarni "tabiiy" hayot nuqtai nazaridan qayta baholashga, asl "hayotiy" qadriyatlarning ifodachisi bolmish komil odamga ergashishga chorlaydi. Shpengler fikricha, madaniyat gullab-yashnagan davrdan keyin, madaniy organizmlarning asta-sekin tanazzulga uchrashi roy beradi, unda xalqlar oz xulq-atvori va faoliyatiga kora ommaga aylanadi. Hayot falsafasi 20-asr boshida Bergson, Zimmel, Diltey, Keyzerling va Klages timsolida ozining yuksak choqqisiga yetdi. Hayot falsafasining ayrim goyalari keyinchalik personalizm, ekzis-tensializm, falsafiy antropologiya tomonidan ozlashtirildi.

Abdulla Sher.

Free and no ads
no need to download or install

Pino - logical board game which is based on tactics and strategy. In general this is a remix of chess, checkers and corners. The game develops imagination, concentration, teaches how to solve tasks, plan their own actions and of course to think logically. It does not matter how much pieces you have, the main thing is how they are placement!

online intellectual game →